Jurnal haqida
“Zamonaviy ilmiy-texnik tadqiqotlar” xalqaro jurnali texnika,iqtisod va pedagogika sohalariga mo‘ljallangan, ixtisoslashgan nashr bo‘lib, sohadagi ilmiy-amaliy, ilmiy-texnik yangiliklarni har tomonlama yoritishni, jurnal o‘quvchilarining ilmiy innovatsion axborotga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini yanada to‘laroq qondirishni, jurnal imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Maqolalar quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi. -05.00.00 – Texnika fanlari - 08.00.00-Iqtisodiyot fanlari -13.00.00-Pedagogika fanlari
Jurnal ko'p tilli bo'lib, unda o'zbek, rus va ingliz tillaridagi maqolalar chop etiladi. Bu esa xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va ilmiy yutuqlarni keng doirada targ'ib qilishga yordam beradi.
“Zamonaviy ilmiy-texnik tadqiqotlar” xalqaro jurnali O'zbekistonda ilm-fan, ta'lim, tehnika va iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan muhim nashrlardan biri hisoblanadi.
Crossref DOI
Tahririyat Crossref DOI ning rasmiy aʼzosi sifatida tez orada ro‘yxatga olinadi
Google Scholar
“Zamonaviy ilmiy-texnik tadqiqotlar” xalqaro jurnali Google Scholar bazasida indekslanadi. Bu esa jurnalning ilmiy nufuzini oshirish va mualliflarning ilmiy ishlarini keng miqyosda targ'ib qilishga yordam beradi. Google Scholar orqali tadqiqotchilar va olimlar “Zamonaviy ilmiy-texnik tadqiqotlar” xalqaro jurnalida chop etilgan maqolalarni qidirib topish va ularga havola berish imkoniyatiga ega bo'lishadi.