BO‘LAJAK MUHANDISLARDA DASTURLASH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING DASTURIY-DIDAKTIK TA’MINOTINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI
Kalit so‘zlar:
software and instructional support, programming competence, future engineers, engineering education, digital educational technologies, digital learning environment, pedagogical experiment, competency-based approach, programming.Abstrak
Maqolada raqamli ta’lim muhiti sharoitida bo‘lajak muhandislarning dasturlash kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan dasturiy-didaktik ta’minotning didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotning dolzarbligi oliy ta’limning raqamli transformatsiyasi sharoitida bo‘lajak muhandislarni tayyorlash sifatini takomillashtirish hamda ularning dasturlash kompetentligiga qo‘yilayotgan talablarning ortib borishi bilan izohlanadi. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak muhandislarning dasturlash kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi dasturiy-didaktik ta’minotning didaktik imkoniyatlarini aniqlash va ilmiy jihatdan asoslashdan iborat. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish, pedagogik loyihalash, kuzatish, so‘rovnoma, test sinovlari, pedagogik tajriba hamda matematik statistika metodlaridan foydalanildi. Tajriba-sinov ishlari 2024–2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining beshta oliy ta’lim muassasasida muhandislik yo‘nalishida tahsil olayotgan 397 nafar talaba ishtirokida o‘tkazildi. Tadqiqotning amaliy qismi «Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari» fani uchun ishlab chiqilgan dasturiy-didaktik ta’minot asosida amalga oshirildi. Mazkur ta’minot ITTS (Information Technologies in Technical Systems) raqamli ta’lim platformasi, elektron darslik, ma’ruza taqdimotlari, videodarslar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar, hisob-grafik topshiriqlar, mustaqil ta’lim materiallari, testlar, chek-listlar hamda metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot natijasida dasturiy-didaktik ta’minotning bo‘lajak muhandislarning dasturlash kompetentligini izchil rivojlantirishga xizmat qiluvchi asosiy didaktik imkoniyatlari aniqlandi. Pedagogik tajriba natijalari taklif etilgan yondashuvning samaradorligini tasdiqlab, talabalarning mustaqilligi, kreativligi, refleksivligi va kommunikativligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotladi. Olingan natijalar ishlab chiqilgan dasturiy-didaktik ta’minotdan bo‘lajak muhandislarni tayyorlash jarayonida samarali foydalanish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Библиографические ссылки
1. Закон Республики Узбекистан от 23 сентября 2020 г. № ЗРУ–637 «Об образовании».
2. Указ Президента Республики Узбекистан от 5 октября 2020 г. № УП–6079 «Об утверждении Стратегии
"Цифровой Узбекистан – 2030"».
3. Указ Президента Республики Узбекистан от 11 сентября 2023 г. № УП–158 «О Стратегии "Узбекистан
– 2030"».
4. Зимняя И. А. Ключевые компетенции — новая парадигма результата образования // Высшее образование сегодня. – 2003. – № 5. – С. 34–42.
5. Хуторской А. В. Ключевые компетенции как компонент личностно ориентированной парадигмы
образования // Народное образование. – 2003. – № 2. – С. 58–64.
6. Беспалько В. П. Слагаемые педагогической технологии. – М.: Педагогика, 1989. – 192 с.
7. Полат Е. С., Бухаркина М. Ю. Современные педагогические и информационные технологии в системе
образования: учеб. пособие для студентов высших учебных заведений. – 3-е изд., стер. – М.: Академия, 2010. – 368
с.
8. Селевко Г. К. Современные образовательные технологии: учебное пособие. – М.: Народное образование, 1998. – 256 с.
9. Costa J. M. Using Game Concepts to Improve Programming Learning: A Multi-Level Meta-Analysis // Computer Applications in Engineering Education. – 2023. – Vol. 31. – No. 4. – P. 1098–1110.
10. Mamedova L., Ivanova T., Petrova E., et al. Online Education of Engineering Students: Educational Platforms and Their Influence on the Level of Academic Performance // Education and Information Technologies. – 2023.
11. Yusuf B., Abdullah N., Rahman M., et al. Research Trends on Learning Computer Programming with Program Animation: A Systematic Mapping Study // Computer Applications in Engineering Education. – 2023. – Vol. 31. – P. 1552– 1582.
12. Новиков А. М., Новиков Д. А. Методология научного исследования. – М.: СИНТЕГ, 2010. – 668 с.
13. Краевский В. В. Методология педагогики: пособие для педагогов-исследователей. – Чебоксары: Изд-во
Чувашского университета, 2001. – 244 с.
14. Новиков Д. А. Статистические методы в педагогических исследованиях (типовые случаи). – М.: МЗ-
Пресс, 2004. – 67 с. – ISBN 5-94073-073-6.
15. Татур Ю. Г. Компетентность в структуре модели качества подготовки специалиста // Высшее
образование сегодня. – 2004. – № 3. – С. 20–26.
16. Glass G. V., Stanley J. C. Статистические методы в педагогике и психологии / пер. с англ.; под ред. Ю. П.
Адлера. – М.: Прогресс, 1976. – 494 с.
17. Omeh C. B., Olelewe C. J., Nwangwu E. C. Fostering Computer Programming and Digital Skills Development: An
Experimental Approach // Computer Applications in Engineering Education. – 2024. – Vol. 32. – e22711. – DOI: https://doi.org/10.1002/cae.2271.
18. Yusuf A., Noor N. M. Research Trends on Learning Computer Programming with Program Animation: A Systematic Mapping Study // Computer Applications in Engineering Education. – 2023. – Vol. 31. – No. 6. – P. 1552–1582. – DOI: https://doi.org/10.1002/cae.22659.
19. Xu E., Wang W., Wang Q. A Meta-Analysis of the Effectiveness of Programming Teaching in Promoting K-12 Students' Computational Thinking // Education and Information Technologies. – 2023. – Vol. 28. – No. 6. – P. 6619–6644. – URL: https://eric.ed.gov/?id=EJ1378501&utm_source=chatgpt.com.
20. Liu Y., Zhang X., Li Y., et al. Exploring the Effects of Digital Technology on Deep Learning: A Meta-Analysis // Education and Information Technologies. – 2024. – Vol. 29. – P. 425–458. – DOI: https://doi.org/10.1007/s10639-023-12307-1.
21. Salloum S. A., Al-Emran M., Shaalan K., Tarhini A. Implementing Educational Technology in Higher Education Institutions: A Review of Technologies, Stakeholder Perceptions, Frameworks and Metrics // Education and Information Technologies. – 2023. – Vol. 28. – P. 16403–16429.
22. Bringing Active Learning, Experimentation, and Student-Created Videos in Engineering: A Study about Teaching Electronics and Physical Computing Integrating Online and Mobile Learning // Computer Applications in Engineering Education. – 2023. – Vol. 31. – No. 6. – P. 1723–1749. – DOI: https://doi.org/10.1002/cae.22673.