TARIXIY-MADANIY MEROS ASOSIDA TA’LIM OLUVCHILARDA AXBOROT-TAHLILIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI

Mualliflar

  • Oybek Davlatov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

tarixiy-madaniy meros, axborot-tahliliy kompetensiya, axborot savodxonligi, media va axborot savodxonligi, manbashunoslik, tanqidiy fikrlash, nomoddiy madaniy meros, hujjatli meros, raqamli ta’lim, mustaqil izlanish.

Abstrak

Maqolada tarixiy-madaniy merosdan ta’lim jarayonida foydalanish orqali ta’lim 
oluvchilarning axborot-tahliliy kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy va metodik 
asoslari tahlil qilinadi. Axborot muhitining jadal kengayishi ta’lim oluvchidan axborotni 
faqat izlash va qabul qilishni emas, balki uning manbai, ishonchliligi, konteksti va 
maqsadini tahlil qilish, turli manbalarni qiyoslash, dalillarni baholash va asoslangan 
xulosa chiqarishni talab etmoqda. Tadqiqotda tarixiy-madaniy merosning moddiy, 
nomoddiy va hujjatli shakllari ta’lim uchun manba sifatida ko‘rib chiqilib, ular bilan 
ishlash jarayonida axborot-tahliliy kompetensiyaning vositali, amaliy va mustaqil 
izlanish komponentlari ajratiladi. Maqolaning metodologik asosini nazariy tahlil, 
qiyosiy yondashuv, manbashunoslik tamoyillari va pedagogik modellashtirish tashkil 
etadi. UNESCOning nomoddiy madaniy merosni ta’limga integratsiya qilishga oid 
materiallari, media va axborot savodxonligi bo‘yicha yondashuvlari, ACRLning axborot 
savodxonligi bo‘yicha Framework hujjati hamda O‘zbekiston Respublikasining madaniy 
merosga oid qonunchiligi qiyosiy tahlil qilinib, tarixiy manbalarni ta’limiy vazifalarga 
aylantirish mexanizmlari asoslanadi. Tadqiqot natijasida axborot-tahliliy 
kompetensiyani rivojlantirish uchun manba tanlash, manbani tanqidiy o‘qish, qiyosiy 
tahlil qilish, dalillarni tasniflash, raqamli axborotni tekshirish va mustaqil xulosa 
chiqarishga yo‘naltirilgan topshiriqlar tizimi taklif etiladi. 

Библиографические ссылки

1. Umarova N. Globallashuv sharoitida axborot hujumlariga qarshi kurash. – Toshkent: Akademiya, 2005. – B. 4.

2. Davlatov O. G‘. Talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini tarixiy-madaniy meros vositasida

rivojlantirish : pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent, 2018. – 177 b.

3. Davlatov O. G‘. Tarixiy-madaniy meros vositasida talabalarda axborot xavfsizligini ta’minlash kompetentligini

rivojlantirish texnologiyasi. – Toshkent: Fan va ta’lim poligraf, 2019. – 62 b.

4. UNESCO. Media and Information Literacy (MIL). – 2026. – Source

5. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustdagi 269-II-son *«Madaniy meros obyektlarini muhofaza

qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»*gi Qonuni (amaldagi tahrir). – Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi

6. Association of College and Research Libraries (ACRL). Framework for Information Literacy for Higher Education.

– American Library Association, 2016. – Source

7. UNESCO. Safeguarding Intangible Cultural Heritage in Education. – UNESCO Intangible Cultural Heritage. –

Source

8. UNESCO. About Living Heritage and Education. – UNESCO Intangible Cultural Heritage. – Source

9. UNESCO. Recommendation Concerning the Preservation of, and Access to, Documentary Heritage Including in

Digital Form. – Adopted 17 November 2015. – Source

10. Pillai J., Achilles V. Learning with Intangible Heritage for a Sustainable Future: Guidelines for Educators in the

Asia-Pacific Region. – UNESCO Bangkok Office, 2015. – Source

11. Wilson C., Grizzle A., Tuazon R., Akyempong K., Cheung C. K. Media and Information Literacy Curriculum for

Teachers. – UNESCO, 2011. – ISBN 978-92-3-104198-3. – Source

Загрузки

Nashr qilingan

2026-09-05

Nashr

Bo'lim

13.00.00 Pedagogika fanlari

Как цитировать

TARIXIY-MADANIY MEROS ASOSIDA TA’LIM OLUVCHILARDA AXBOROT-TAHLILIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODIK ASOSLARI . (2026). Zamonaviy Ilmiy-Texnik Tadqiqotlar, 2(3), 416-420. https://ijcst.uz/index.php/journal/article/view/241