SUN'IY INTELLEKT DAVRIDA AXBOROT ETIKASI: FALSAFIY MUAMMOLAR
Kalit so‘zlar:
sun'iy intellekt, axborot etikasi, raqamli etika, algoritmik shaffoflik, shaxsiy ma'lumotlar maxfiyligi, inson avtonomiyasi.Abstrak
Sun'iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi axborot etikasi oldiga yangi falsafiy muammolarni qo'ymoqda. Ushbu maqolada sun'iy intellekt davrida axborotni yig'ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq axloqiy masalalar — shaxsiy ma'lumotlar maxfiyligi, algoritmik shaffoflik va mas'uliyat, adolat hamda inson avtonomiyasi — falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Axborot etikasining tarixiy ildizlari kibernetika va kompyuter etikasidan zamonaviy raqamli etikagacha bo'lgan rivojlanishda ko'rib chiqiladi. Maqolada xalqaro (YUNESKO, Yevropa Ittifoqi) va milliy normativ hujjatlarda belgilangan etik tamoyillar qiyosan o'rganiladi hamda sun'iy intellektga insonparvarlik va madaniy o'ziga xosliklarni hisobga oluvchi yaxlit yondashuv zarurligi asoslanadi.
Библиографические ссылки
1. UNESCO. Recommendation on the Ethics of Artificial Intelligence. – Paris: UNESCO, 2021.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PQ-358-son qarori. – 2024-yil 14-oktabr // Lex.uz.
3. Ethics Guidelines for Trustworthy AI / High-Level Expert Group on Artificial Intelligence. – Brussels: European Commission, 2019. – 8 April.
4. Wiener N. The Human Use of Human Beings: Cybernetics and Society. – Boston: Houghton Mifflin, 1950. – 241 p.
5. Moor J. H. What Is Computer Ethics? // Metaphilosophy. – 1985. – Vol. 16, No. 4. – P. 266–275.
6. Floridi L. The Ethics of Information. – Oxford: Oxford University Press, 2013. – 357 p.
7. Zuboff S. The Age of Surveillance Capitalism: The Fight for a Human Future at the New Frontier of Power. – New York: PublicAffairs, 2019. – 704 p.
8. Abduholiqova N. Yosh avlod tarbiyasida axloqiy ma’rifatni shakllantirish orqali yoshlarni ijtimoiy tarmoqlarga tobeligi oldini olish // Ijtimoiy fanlarda innovatsiya ilmiy jurnali. – 2021. – 25-dekabr. – B. 116.