MENEJMENT TA’LIMIDA EKONOMETRIK KOMPETENTLIKNI ADAPTIV RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI
Kalit so‘zlar:
ekonometrik kompetentlik, adaptiv ta’lim, raqamli ta’lim muhiti, ta’lim analitikasi, individual trayektoriya, differensial topshiriq, EKO-ADAPT, boshqaruv qarori.Abstrak
Maqolada menejment yo‘nalishi talabalarining ekonometrik kompetentligini
raqamli ta’lim sharoitida rivojlantirishga xizmat qiluvchi adaptiv mexanizm nazariy
jihatdan asoslangan. Tadqiqotda ilmiy manbalarni mazmuniy tahlil qilish, pedagogik
modellashtirish, tizimlashtirish va funksional dekompozitsiya usullaridan
foydalanilgan. Natijada diagnostik profil, differensial topshiriq, dasturiy bajarish, ko‘p
mezonli baholash, tezkor qayta aloqa va korreksiyani uzluksiz siklga birlashtiruvchi
mexanizm ishlab chiqilgan. Ekonometrik kompetentlikning tarkibiy tuzilishi nazariy
bilimlarni egallash, amaliy modellashtirish, natijalarni iqtisodiy talqin qilish va
prognozlash hamda tahliliy dalillarga tayangan boshqaruv qarorlarini shakllantirish
bilan bog‘liq faoliyat yo‘nalishlari asosida tizimlashtirilgan. Mexanizmning o‘ziga xosligi
raqamli vositalarni alohida texnik resurs sifatida emas, balki talabaning joriy
natijalariga ko‘ra o‘quv ta’sirini moslashtiruvchi didaktik boshqaruv vositasi sifatida
qo‘llashdan iborat. Taklif etilgan yondashuv nazariy bilimlarni dasturiy tahlil jarayonida
qo‘llashni ta’minlab, olingan dalillar asosida boshqaruvga oid xulosalar chiqarish
ko‘nikmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
1. Long P., Siemens G. Penetrating the Fog: Analytics in Learning and Education // EDUCAUSE Review. – 2011. –
Vol. 46, No. 5. – P. 31–40.
2. Mayer R. E. Multimedia Learning. – 3rd ed. – Cambridge: Cambridge University Press, 2021. – 433 p.
3. du Plooy E., Casteleijn D., Franzsen D. Personalized Adaptive Learning in Higher Education: A Scoping Review
of Key Characteristics and Impact on Academic Performance and Engagement // Heliyon. – 2024. – Vol. 10, No. 21. – Article
e39630. – DOI: 10.1016/j.heliyon.2024.e39630
4. Беспалько В. П. Слагаемые педагогической технологии. – Москва: Педагогика, 1989. – 192 с.
5. UNESCO. Guidance for Generative AI in Education and Research. – Paris: UNESCO, 2023. – 44 p.
6. Siemens G. Learning Analytics: The Emergence of a Discipline // American Behavioral Scientist. – 2013. – Vol.
57, No. 10. – P. 1380–1400. – DOI: 10.1177/0002764213498851
7. Tomlinson C. A. The Differentiated Classroom: Responding to the Needs of All Learners. – 2nd ed. – Alexandria,
VA: ASCD, 2014. – 197 p.
8. OECD. Digital Education Outlook 2023: Towards an Effective Digital Education Ecosystem. – Paris: OECD
Publishing, 2023. – DOI: 10.1787/c74f03de-en
9. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar: ta’lim muassasalari
pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008. – 180 b.
10. Muslimov N. A., Usmonboyeva M. H., Sayfurov D. M. Innovatsion ta’lim texnologiyalari: o‘quv-metodik qo‘llanma.
– Toshkent: Sano-standart, 2015. – 150 b.
11. Begimqulov U. Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari.
– Toshkent: Fan, 2007. – 160 b.