BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING RAQAMLI-PEDAGOGIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Kalit so‘zlar:
raqamli-pedagogik kompetentlik, bo‘lajak o‘qituvchi, raqamli ta’lim, TPACK, DigCompEdu, pedagogik modellashtirish, raqamli resurs, raqamli baholash, refleksiya, kasbiy kompetentlik.Abstrak
Mazkur maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli-pedagogik kompetentligini
shakllantirishning nazariy va metodik asoslari tahlil qilingan. TPACK va DigCompEdu
konsepsiyalari hamda mahalliy tadqiqotchilarning ilmiy qarashlari asosida raqamli-
pedagogik kompetentlikning mazmuni aniqlashtirilgan. Pedagogik modellashtirish
metodi asosida mazkur kompetentlikning besh tarkibiy komponenti: raqamli-didaktik
loyihalash, raqamli resurslar bilan ishlash, raqamli kommunikativ-hamkorlik, raqamli
baholash va monitoring hamda raqamli-refleksiv va axborot-etik komponentlar ajratib
ko‘rsatilgan. Tadqiqotning amaliy bosqichi Buxoro davlat universitetining 47 nafar
talabasi ishtirokida tashkil etilgan. Boshlang‘ich va yakuniy diagnostika natijalarining
qiyosiy tahlili raqamli-pedagogik kompetentlikning umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichi 54,0
foizdan 75,5 foizgacha oshganini ko‘rsatgan. Umumiy samaradorlik 21,5 foiz punktni
tashkil etgan. Olingan natijalar raqamli texnologiyalarni pedagogik maqsad, mazmun,
hamkorlik, baholash va refleksiya bilan integratsiyalashga asoslangan metodik
yondashuvning samaradorligini ko‘rsatadi.
Библиографические ссылки
1. Mishra P., Koehler M. J. Technological Pedagogical Content Knowledge: A Framework for Teacher Knowledge
// Teachers College Record. – 2006. – Vol. 108, No. 6. – P. 1017–1054. – DOI: 10.1111/j.1467-9620.2006.00684.x
2. Koehler M. J., Mishra P., Yahya K. Tracing the Development of Teacher Knowledge in a Design Seminar:
Integrating Content, Pedagogy and Technology // Computers & Education. – 2007. – Vol. 49, No. 3. – P. 740–762. – DOI:
10.1016/j.compedu.2005.11.012
3. Redecker C. European Framework for the Digital Competence of Educators: DigCompEdu / ed. Y. Punie. –
Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2017. – 95 p. – DOI: 10.2760/159770
4. Muslimov N. A. Bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy shakllantirish: monografiya. – Toshkent: Fan, 2004. –
Manba
5. Muslimov N. A., Usmonboyeva M. H., Sayfurov D. M., To‘rayev A. B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari.
– Toshkent, 2015. – 120 b. – Manba
6. Mamarajabov O. E. Bulutli texnologiyalari vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini
takomillashtirish : pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2023. – Manba
7. Ahmedov A. M. Raqamli pedagogik muhitda talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirish : pedagogika
fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – 2023. – Manba
8. Muydinjonov Z. R. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning
dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirish : pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. – Toshkent.
– Manba
9. Ramazonov X. S. Bo‘lajak o‘qituvchilarning multimedia texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantiruvchi
dasturiy ta’minot yaratish va joriy etish metodikasi : pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
avtoreferati. – Toshkent, 2025. – Manba
10. Suleymanova R. M. Bo‘lajak informatika o‘qituvchilari kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning raqamli-
didaktik ta’minotini takomillashtirish : pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. –
Toshkent, 2025. – Manba
11. Jo‘rayev M. M. Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish
texnologiyalarini takomillashtirish : pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi. – 2026. – Manba