UNIVERSITET TALABALARINING MADANIYATLARARO KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI BAHOLASHNING INTEGRATIV MODELI VA RAQAMLI DIAGNOSTIKA TEXNOLOGIYALARI
Kalit so‘zlar:
madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya, diagnostik model, raqamli diagnostika, pedagogik modellashtirish, refleksiya, madaniy sezgirlik, raqamli madaniyatlararo iz.Abstrak
Mazkur maqolada universitet talabalarining madaniyatlararo kommunikativ
kompetensiyasi rivojlanganlik darajasini diagnostika qilishning integrativ pedagogik
modeli taqdim etilib, ushbu jarayonni qo‘llab-quvvatlovchi raqamli texnologiyalar
tavsiflanadi. Model maqsadli, metodologik, jarayonli va baholash-natijaviy bloklar tizimi
sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, kognitiv, emotsional-aksiologik, kommunikativ-faoliyatli,
refleksiv va raqamli komponentlarni o‘zida birlashtiradi. Diagnostik ma’lumotlar
testlar, kuzatish, suhbatlar, keyslar tahlili, rolli o‘yinlar, o‘zini o‘zi baholash, portfolio
topshiriqlari, interaktiv simulyatsiyalar hamda madaniyatlararo faoliyatning raqamli
izlari orqali to‘planadi. Modelning o‘ziga xos elementi «Raqamli madaniyatlararo iz»
(Digital Intercultural Footprint) konsepsiyasi bo‘lib, u ta’lim oluvchining raqamli va
xalqaro o‘zaro muloqot jarayonidagi kommunikativ faolligi, bag‘rikengligi va madaniy
moslashuvchanligini aks ettiruvchi dalillar sifatida talqin etiladi. Shuningdek, modelda
madaniy bilimlar, madaniy refleksiya, madaniy sezgirlik, raqamli madaniyatlararo
faollik va madaniyatlararo moslashuvchanlikni birlashtiruvchi integrativ indeks taklif
etiladi. Maqolada modelning ahamiyati diagnostikani keyingi pedagogik rivojlanish
bilan bog‘lashda namoyon bo‘lishi asoslanadi: baholash natijalaridan kuchli va zaif
tomonlarni aniqlash, individual rivojlanish trayektoriyalarini ishlab chiqish hamda vaqt
davomida yuz beradigan o‘zgarishlarni monitoring qilish uchun foydalaniladi.
Библиографические ссылки
1. Дахин А. Н. Педагогическое моделирование: монография. – Новосибирск: НИПКиПРО, 2005. – 230 с.
2. Лодатко Е. А. Моделирование педагогических систем и процессов: монография. – Славянск: СГПУ, 2010.
– 148 с.
3. Byram M. Teaching and Assessing Intercultural Communicative Competence. – Clevedon: Multilingual Matters,
1997. – 124 p.
4. Deardorff D. K. Identification and Assessment of Intercultural Competence as a Student Outcome of
Internationalization // Journal of Studies in International Education. – 2006. – Vol. 10, № 3. – P. 241–266. – DOI:
10.1177/1028315306287002.
5. Council of Europe. Reference Framework of Competences for Democratic Culture. Vol. 1: Context, Concepts and
Model. – Strasbourg: Council of Europe Publishing, 2018.
6. Council of Europe. Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment
– Companion Volume. – Strasbourg: Council of Europe Publishing, 2020.
7. UNESCO. Global Citizenship Education: Topics and Learning Objectives. – Paris: UNESCO, 2015.
8. OECD. Preparing Our Youth for an Inclusive and Sustainable World: The OECD PISA Global Competence
Framework. – Paris: OECD, 2018.
9. Hattie J., Timperley H. The Power of Feedback // Review of Educational Research. – 2007. – Vol. 77, № 1. – P.
81–112. – DOI: 10.3102/003465430298487.
10. Jabborova O. M., Qarshiboyeva X. K. Pedagogik diagnostika. – Toshkent: ZEBO PRINT, 2024..