PROFESSIONAL TA’LIM O‘QUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-DIAGNOSTIK MODELINI TAKOMILLASHTIRISH
Kalit so‘zlar:
professional ta’lim, kasbiy kompetensiya, pedagogik diagnostika, diagnostik model, kompetensiyaviy yondashuv, monitoring, individual ta’lim trayektoriyasi, ta’lim sifati.Abstrak
Mazkur maqolada professional ta’lim o‘quvchilarining kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirish jarayonini samarali tashkil etishda pedagogik-diagnostik modelni
takomillashtirish masalasi yoritiladi. Tadqiqotda kasbiy kompetensiyalarni
shakllantirish va rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinib,
o‘quvchilarning individual imkoniyatlari, tayyorgarlik darajasi, o‘quv faoliyati natijalari
hamda kasbiy yo‘nalganligini aniqlashga xizmat qiluvchi diagnostik yondashuvlarning
ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, pedagogik diagnostika, monitoring, tahlil va
korreksion ta’sirlar uyg‘unligida ishlaydigan modelning tarkibiy qismlari, tamoyillari va
bosqichlari belgilab beriladi. Takomillashtirilgan model professional ta’lim
muassasalarida ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirish, o‘quvchilar faolligini oshirish,
kasbiy vazifalarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kompetensiyaviy
natijadorlikni oshirishga xizmat qilishi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalari pedagogik-
diagnostik yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy rivojlanish dinamikasini aniqlash,
individual ta’lim trayektoriyalarini loyihalash va ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlarini
kengaytiradi.
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining *«Professional ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»*gi Farmoni. – Toshkent, 2019.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining *«Professional ta’lim tizimini takomillashtirish va uning
sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»*gi Qarori. – Toshkent, 2020.
3. Беспалько В. П. Слагаемые педагогической технологии. – Москва: Педагогика, 1989.
4. Кларин М. В. Педагогическая технология в учебном процессе. – Москва: Академия, 1998.
5. G‘oziyev E. G‘. Psixologiya: oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati nashriyoti, 2010.
6. Qosimov G. M. Kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishda pedagogik diagnostika imkoniyatlari // Ta’lim, fan
va innovatsiya. – 2018. – № 4. – B. 23–27.
7. Xaitov A. A. Professional ta’limda kompetensiyaviy yondashuv va diagnostika tizimi // Pedagogik mahorat. –
2021. – № 2. – B. 14–19.