“GO‘RO‘G‘LI” TURKUMIDA YAKUNIY MUKOFOTLANISH (POETIK ADOLAT) MEXANIZMINING TIPOLOGIK TAHLILI
Kalit so‘zlar:
yakuniy mukofotlanish, poetik adolat, rag‘batlantirish va jazolash, “Go‘ro‘g‘li”, pedagogik mexanizm, tipologiya, ertak kompozitsiyasi.Abstrak
Maqolada “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi dostonlarda oltinchi, yakuniy badiiy-pedagogik mexanizm —
yakuniy mukofotlanish, ya’ni poetik adolat tahlil qilinadi. Ushbu mexanizm oldingi besh mexanizm (nasihat,
ibrat, sinov, antiteza, ramz) orqali shakllantirilgan axloqiy xulosalarni dostonning kompozitsion yakuni vositasida
mustahkamlaydi. “Qirq yigit bilan qirq qiz”, “Avazxonning o‘limga hukm etilishi” va “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”
dostonlari materiallari asosida poetik adolat formulasining barqaror turlari aniqlanib, ular folklorshunoslik (K.
Imomovning ertak kompozitsiyasi nazariyasi) hamda pedagogika (rag‘batlantirish va jazolash metodi nazariyasi)
bilan nazariy jihatdan bog‘lanadi. Natijada uch tipologik tur aniqlandi: qahramonning murod-maqsadiga yetishi
(ijobiy mukofot), yovuzlikning o‘z jazosini topishi (salbiy mukofot) va jamoaviy to‘y-tomosha (marosimiy
yakun). Xulosa qilinadiki, ushbu uch tur ajralmas bir butunlikni tashkil etib, III bobda ko‘rib chiqilgan olti
mexanizmning yakuniy va mustahkamlovchi bosqichi vazifasini bajaradi.
Библиографические ссылки
1. Imomov K. Ertak // O‘zbek folklori ocherklari: uch tomlik. 2-jild / mas’ul muharrir B. Sarimsoqov.
– Toshkent: Fan, 1989.
2. Ochilov M., Ochilova N. Oliy maktab pedagogikasi. – Toshkent: Aloqachi, 2008.
3. Qirq yigit bilan qirq qiz // Go‘ro‘g‘li: o‘zbek xalq dostonlari / aytuvchi Rahmatulla shoir Yusuf
o‘g‘li; nashrga tayyorlovchilar T. Mirzayev, Z. Husainova. – Toshkent: Sharq, 2006. – B. 112.
4. Yunus pari // O‘zbek xalq ijodi: ko‘p tomlik / aytuvchi Muhammadqul Jomrot o‘g‘li Pulkan;
nashrga tayyorlovchi Sh. Xo‘jayeva. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1967.
5. Avazxonning o‘limga hukm etilishi / aytuvchi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li; yozib oluvchi G‘. Karimov;
nashrga tayyorlovchilar Z. Husainova, T. Mirzayev; mas’ul muharrir O. Sobirov. – Toshkent: O‘zSSR FA
nashriyoti.
6. Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi // O‘zbek xalq ijodi: ko‘p tomlik / aytuvchi Muhammadqul Jomrot o‘g‘li
Pulkan; nashrga tayyorlovchi M. Murodov. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti,
1967.
7. Zulfizar // Go‘ro‘g‘li dostonlari: to‘rt jildlik. 2-jild: Avazxon / aytuvchi Rahmatulla shoir Yusuf
o‘g‘li. – 1997. – B. 218.
8. Gulqizoy // Go‘ro‘g‘li dostonlari: to‘rt jildlik. 2-jild: Avazxon / aytuvchi Rahmatulla shoir Yusuf
o‘g‘li. – 1997. – B. 111.
9. Sarvinoz // Go‘ro‘g‘li dostonlari: to‘rt jildlik. 2-jild: Avazxon / aytuvchi Rahmatulla shoir Yusuf
o‘g‘li. – 1997. – B. 176.
10. Avliyakulov N. X., Musayeva N. N. Pedagogik texnologiya. – Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni, 2012.