BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIV FIKRLASHNI FANLARARO ABSTSESSIAL VA ORDINATAL BOG‘LIQLIK ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI

Mualliflar

  • G‘ayrat Xudayberganov Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ##default.groups.name.author##

Kalit so‘zlar:

bo‘lajak pedagog, kreativ fikrlash, kreativ kompetensiya, fanlararo integratsiya, abstsessial bog‘liqlik, ordinatal bog‘liqlik, pedagogik model, refleksiv faoliyat, innovatsion pedagogika, kompetensiyaviy yondashuv.

Abstrak

 Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarda kreativ fikrlashni fanlararo abstsessial 
va ordinatal bog‘liqlik asosida rivojlantirishning pedagogik modeli nazariy-metodologik 
hamda amaliy jihatdan asoslangan. Kreativ fikrlash bo‘lajak pedagogning kasbiy 
kompetentligini belgilovchi integrativ sifat sifatida talqin qilinib, uning motivatsion, 
kognitiv, faoliyatli va refleksiv komponentlarini rivojlantirishning ilmiy asoslari 
yoritilgan. Fanlararo abstsessial bog‘liqlik bilimlarning mazmuniy-gorizontal 
integratsiyasini ta’minlovchi didaktik mexanizm, ordinatal bog‘liqlik esa kreativ 
kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantiruvchi metodologik tizim sifatida 
tavsiflangan. Ishlab chiqilgan pedagogik modelning maqsadli, mazmuniy, jarayonli va 
natijaviy komponentlari tavsiflanib, uni oliy pedagogik ta’lim amaliyotida qo‘llashning 
ilmiy-metodik imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari bo‘lajak 
pedagoglarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish, innovatsion pedagogik 
faoliyatga tayyorlash hamda fanlararo integratsiyaga asoslangan ta’lim 
texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.  

Библиографические ссылки

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi **“2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi

O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”**gi PF-60-son Farmoni.

2. Abdullayeva B. S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari: ped. fan. dok. ... diss. – T.: TDPU,

2006. – 263 b.

3. Norbo‘tayev X. B. Maktab o‘quvchilarida didaktik tafakkurni tabiiy fanlararo sinxron va asinxron aloqadorlikda

rivojlantirish metodikasi (biologiya, kimyo, fizika o‘quv fanlari misolida): pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini

olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T., 2021. – 263 b.

4. Rahmatova F. A. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining matematik tafakkurini takomillashtirishning ilmiy-

nazariy asoslari: monografiya. – T.: Fan va texnologiya, 2017. – 145 b.

5. Sternberg R. J. Beyond IQ: A Triarchic Theory of Human Intelligence. – New York, 1985. – P. 9–21.

6. Xudoynazarov E. M., Xudayberganov G‘. Q. va boshq. Boshlang‘ich ta’limda kreativ fikrlash: o‘quv qo‘llanma. –

T.: BOOKMANY PRINT, 2024. – 207 b.

7. Xudayberganov G‘. Q. Kreativlikni rivojlantirishda fanlarni abssessial va ordinatal bog‘lab o‘qitishning o‘rni //

Ilm sarchashmalari ilmiy-nazariy, metodik jurnali. – 2025. – No. 2. – B. 166–169.

8. Xudoynazarov E. M. Bo‘lg‘usi boshlang‘ich guruh o‘qituvchilarida mantiqiy fikrlashni fanlararo rivojlantirish

mazmuni // Muallim hem uzliksiz bilimlendiriw. – Nukus, 2023. – No. 5/1. – B. 255–261.

9. G‘oziyev E. Tafakkur psixologiyasi: dorilfunun talabalari uchun qo‘llanma. – T.: O‘qituvchi, 1990. – 184 b.

Загрузки

Nashr qilingan

2026-07-05

Nashr

Bo'lim

13.00.00 Pedagogika fanlari

Как цитировать

BO‘LAJAK PEDAGOGLARDA KREATIV FIKRLASHNI FANLARARO ABSTSESSIAL VA ORDINATAL BOG‘LIQLIK ASOSIDA RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI. (2026). Zamonaviy Ilmiy-Texnik Tadqiqotlar, 2(2), 71-74. https://ijcst.uz/index.php/journal/article/view/89