FONETIKA TA’LIMIDA SAVOL TUZISHNING AHAMIYATI VA TURLARI
Kalit so‘zlar:
o‘quv topshiriqlari, savollar, fonetik ta’lim, nutqiy faollik, bilim, ko‘nikma va malaka, mustaqil fikrlash, savol turlari, o‘qituvchi savollari, Suqrot usuli, nutqiy ko‘nikmalar, baholash, ta’lim samaradorligi.Abstrak
Ushbu maqolada o‘zbek tilining ona tili va davlat tili sifatida o‘qitilishida o‘quv
topshiriqlarining sifati hamda savollarning ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim
XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirishni talab qilishi, shu bois topshiriq va savollar puxta
ishlab chiqilishi hamda baholash mezonlariga mos bo‘lishi zarurligi ta’kidlanadi. Asosiy
e’tibor fonetik ta’limga qaratilib, savollarning nutqiy faollikni oshirish, bilim, ko‘nikma
va malakalarni aniqlash hamda mustaqil fikrlashni shakllantirishdagi o‘rni yoritiladi.
Savollarning ma’lumot olishga qaratilgan, tekshiruvchi, tahliliy va ijodiy turlari ajratilib,
ularning maqsadlari misollar asosida izohlanadi. Shuningdek, savolning topshiriqdan
farqi, o‘qituvchi savollarining psixologik jihatlari, o‘quvchilarni savol berishga o‘rgatish
usullari, Suqrot usuli hamda savol berish orqali o‘qitish samaradorligi ilmiy-metodik
jihatdan asoslanadi. Savollarning ta’lim jarayonidagi markaziy roli va lingvistik
topshiriqlarni nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirish zarurati qayd etiladi.
Shuningdek, nutqiy ko‘nikmalar — tinglab tushunish, gapirish, o‘qish va yozish —
hamda ularni baholash masalalari ko‘rib chiqilib, o‘quv topshiriqlarini takomillashtirish
bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Библиографические ссылки
1. Nabiyeva D., Zokirova H. O‘zbek tili fonetikasi: o‘quv-uslubiy qo‘llanma. – Andijon, 2016. – B. 36.
2. Бонк Н. А., Котий Г. А., Лукьянова Н. А. Учебник английского языка. – Москва: Деконт, 1999. – С. 7.
3. Hamroyev G‘. Ona tili o‘qitishning samarali usullari: o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma. – Toshkent: Bayoz
nashriyoti, 2018. – 197 b.
4. Umarov E. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida unlilarni tasniflash masalasiga doir // O‘zbek tili va adabiyoti. – 1995.
– № 2. – B. 52–53.
5. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – 5 jildlik. – 2-jild. – Toshkent: O‘zME, 2004. – 569 b.